RIOvaBSIATMda 50+ yoshdagi ayollar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Bugun, 15 iyun - Postmenopauzal osteoporoz profilaktikasi kuni doirasida ayollar salomatligini qo‘llab-quvvatlash va osteoporozning xavf omillarini erta aniqlashga qaratilgan keng ko‘lamli ma’rifiy-diagnostik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 60 dan ortiq xotin-qizlar ishtirok etdi.
Aksiya doirasida ishtirokchilar quyidagilarga bepul ega bo‘lishdi:
- Suyaklarning mineral zichligini baholash uchun ultratovush densitometriyasi;
- Kalsiy va D vitamini ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan qonning laboratoriya tekshiruvlari
- Shaxsiy tavsiyalar bilan ginekolog maslahati.
Bu yoshda ayollar menopauza davrini boshdan kechiradilar va bu davrda jismoniy faollik, muvozanatli ovqatlanish va ruhiy salomatlikka e’tibor qaratish orqali salomatlikni saqlash muhimdir. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash uchun ginekolog, mammolog va terapevt tomonidan muntazam ravishda tekshiruvdan o‘tish kerak.





