Saraton skriningini rivojlantirishda yangi bosqich: Markazda xalqaro master-trenerlarni tayyorlash kursi yakunlandi

"Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 402-sonli Prezident qarorining 7-bo'limi ijrosi doirasida O'zbekiston Respublikasi Strategik islohotlar agentligi, Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Yuta universiteti (AQSh) bilan hamkorlikda ginekolog-kolposkopistlar uchun bir yillik malaka oshirish kursini tashkil etdi.

Dastur bachadon bo'yni va ko'krak bezi saratonini skrining qilish bo'yicha xalqaro darajadagi master-trenerlarni tayyorlashga qaratilgan.

 Trening Markazda 2025-yil 24-28-fevral kunlari boshlandi va soʻngra yil oxirigacha onlayn tarzda davom etdi.

Kurs quyidagi zamonaviy xalqaro yondashuvlarni qamrab oldi:
bachadon bo'yni va ko'krak bezi saratonini skrining qilish;
saraton oldi holatlarini erta tashxislash;
bemorlarni yo'naltirish;
dalillarga asoslangan klinik protokollarni joriy etish;
hududlarda mutaxassislarni keyingi kaskadli o'qitish uchun master trenerlarni tayyorlash.

 Bugun Markazda seminar va imtihonning yakuniy bosqichi o'tkazildi, unda 22 nafar master-trener ishtirok etdi.

Shuningdek, Markazning Namangan, Samarqand va Toshkent viloyat filiallarida o'quv seminarlari va yakuniy imtihonlar o'tkaziladi. Bu dasturning qamrovini kengaytirib, hududiy darajada zamonaviy skrining standartlarini barqaror joriy etishni ta'minlaydi.

Ushbu ta'lim tashabbusini amalga oshirish sog'liqni saqlash tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlash va Respublikadagi ayollar orasida saraton kasalligini erta aniqlash samaradorligini oshirishda muhim qadamdir.
Image
Image
Image
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Kol-markaz: +998 (71) 263-78-18
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: