Bugun Toshkentda Butunjahon inson papillomavirusiga (OPV) qarshi kurashish kuniga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Tadbir Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi, Koreya Xalqaro sog'liqni saqlash jamg'armasi (KOFIH) va O'zbekiston perinatal tibbiyot assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirda JSSTning bachadon bo'yni saratonini tugatish bo'yicha 90–70–90 global strategiyasi doirasida saraton oldi holatlari va bachadon bo'yni saratonining oldini olish bo'yicha O'zbekistonning aniq qadamlariga e'tibor qaratildi.
OPVga qarshi emlash — kasallikdan samarali himoya
Skrining va erta tashxis qo'yish — kasallikni erta bosqichda aniqlash imkoniyati
Xalqaro hamkorlik — barqaror natijalarga erishish uchun tajriba va resurslarni birlashtirish
Tadbirda taqdim etildi:
Emlash va skrining dasturlarining natijalari
Aholi qamrovi bo'yicha joriy ma'lumotlar
2026–2030 yillarga mo'ljallangan ustuvorliklar
Jamoatchilik xabardorligini oshirish bo'yicha yangi tashabbuslar
Qo'shma loyihalar klinik protokollarni takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va har bir ayol uchun ochiq bo'lgan samarali skrining tizimini ishlab chiqishga qaratilgan.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Ochiq muloqot va jamoatchilik xabardorligi kasalliklarning tarqalishini kamaytirish va kelajak avlodlar salomatligini saqlash yo'lidagi muhim qadamlardir.
Profilaktika xabardorlikdan boshlanadi. Bugun biz yana bir muhim qadamni tashladik.