Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ginekologiya bo'limi bosh hamshirasi Ra’no Hojiyeva "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash a'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.
Mukofot 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida ko'p yillik fidoyi mehnati, yuqori professionalligi va sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qo'shgan ulkan hissasi uchun topshirildi.
Markaz direktori N.S. Nadirxanova mukofotni topshirar ekan, uning mas'uliyatli ishi, kasbga sadoqati va yuqori sifatli tibbiy yordam ko'rsatishga qo'shgan hissasi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Markaz jamoasi nomidan Ra’no Yo'ldoshevna Hojiyevani ushbu munosib mukofot bilan chin dildan tabriklaymiz va mustahkam sog'liq, farovonlik, kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.