Chaqaloqlar bo'limi – sogʻlom hayotning boshlanishi

Chaqaloqlar bo'limi – sogʻlom hayotning boshlanishi

Birinchi chaqaloqlar bo’limi — bu katta hayot boshlanadigan maskan. Biz shunchaki monitorlardagi ko’rsatkichlarni kuzatib bormaymiz, biz go’dakning yangi olamga yumshoq o’tishi uchun sharoit yaratamiz. Bizning jamoamiz — neonatologlardan tortib emizish bo’yicha maslahatchilargacha — siz o’zingizni ishonchli his qilishingiz, farzandingiz esa sog’lom bo’lishi uchun bir butun bo’lib mehnat qiladi.
I chaqaloqlar bo’limi — bu yangi tug’ilgan chaqaloqqa ko’rsatiladigan tibbiy yordamning ilk bo’g’ini bo’lib, unda bolaning kelgusi sog’lig‘i uchun asoslar yaratiladi. Bu yerda sog’lom bolalar bilan bir qatorda, erta adaptatsiya davrida professional tibbiy nazoratga muhtoj bo’lgan, biror-bir og’ir patologiya bilan tug’ilgan chaqaloqlar ham kuzatuv ostida bo’ladi.
Hayotning ilk daqiqalaridanoq bo’lim mutaxassislari bolaning ona qornidan tashqaridagi hayotga ehtiyotkorlik bilan moslashishini ta’minlaydilar. Bolaning holatiga birlamchi baho beriladi, hayotiy muhim funksiyalar monitoring qilinadi, termoregulyatsiya, nafas olish va yurak-qon tomir tizimi moslashuvi nazorat qilinadi. «Ona va bola» o’rtasidagi erta muloqotni qo’llab-quvvatlash, tabiiy emizishni yo’lga qo‘yish va barqaror psixoemosional aloqani shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bo‘lim faoliyati isbotlovchi tibbiyot va zamonaviy perinatal texnologiyalar tamoyillariga asoslangan. Tibbiy xodimlar quyidagilarni amalga oshiradilar:
•    yangi tug’ilgan chaqaloqlarning kundalik klinik kuzatuvi;
•    neonatal asoratlarning oldini olish;
•    milliy taqvimga muvofiq emlash;
•    skrining tekshiruvlarini o‘tkazish (audioskrining, moddalar almashinuvining genetik kasalliklari).
Bo‘limda multidistsiplinar yondashuv alohida o’rin tutadi: neonatologlar, nevropatolog, ortoped, hamshiralar va emizish bo‘yicha maslahatchilar oilaga kompleks yordam ko’rsatish uchun o’zaro yaqin hamkorlikda ishlaydilar.
Bo’limda xavfsiz parvarish madaniyati shakllantirilgan: infeksion nazorat standartlariga rioya qilinadi, ota-onalarga bolani parvarish qilish ko’nikmalari o’rgatiladi, adaptatsiya davrining xususiyatlari va shifokorga murojaat qilishni talab etadigan belgilar tushuntiriladi.
Shunday qilib, 1-chaqaloqlar bo’limi — bu nafaqat tibbiy kuzatuv maskani, balki hayotning uyg’un boshlanishi uchun sharoit yaratiladigan, chaqaloq sog’lig’i mustahkamlanadigan va ota-onalarning o’z kuchlariga bo’lgan ishonchi shakllanadigan muhitdir.
Image
Image
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Kol-markaz: +998 (71) 263-78-18
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: