Farg'onada hayotni saqlab qolish uchun yangi imkoniyatlar

"Ishonch-2030" dasturi doirasida RIOvaBSIATM Farg'ona viloyat filiali zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandii.

 2026-yil boshidan buyon filialga 1 milliard 627 million so'mdan ortiq qiymatga ega 8 turdagi yangi uskunalar yetkazib berildi.
Ushbu uskunalar muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarni reanimatsiya va parvarish qilishda samarali qo'llanilyapti va shifokorlarga har bir hayot uchun kurashishda yordam bermoqda.

 Viloyatda birinchi marta autogemotransfuziya apparati ishga tushirildi — bu operatsiya paytida bemorning qonini to'playdigan, uni atigi 5 daqiqada tozalab va qaytadan bemorga quyish imkonini beruvchi uskunadir.

Ushbu noyob qurilma Farg'ona viloyat hokimligi tomonidan sovg'a qilindi.

 Zamonaviy texnologiyalar shunchaki uskunalar emas.
Bu hayoti saqlab qolingan onalar, sog'lom bolalar va yanada ko'proq baxtli oilalardir.
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Kol-markaz: +998 (71) 263-78-18
Poliklinika ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-29, +998 (71) 263-78-35
UZI ro‘yxatxonasi: +998 (71) 263-78-21
Ishonch telefoni: +998 (90) 012-36-63
Elektron pochta: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: