Emizikli oziqlantirishning afzalliklari
Ona suti — bu bolaga to‘liq moslashgan, tarkibida barcha zarur ozuqa moddalari, vitaminlar, fermentlar va immun tizimini mustahkamlovchi antitanachalar mavjud bo‘lgan noyob biologik mahsulotdir.
Bola uchun:
— yuqumli va surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi;
— ovqat hazm qilish va asab tizimining to‘g‘ri shakllanishini ta’minlaydi;
— ona va bola o‘rtasida emotsional bog‘lanishni kuchaytiradi.
Ona uchun:
— tug‘ruqdan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtiradi;
— qon ketish, kamqonlik, sut bezi va tuxumdon saratoni xavfini kamaytiradi;
— tabiiy emotsional muvozanatni saqlashga yordam beradi.
Markaz mutaxassislari tavsiyalari
RIOvaBSIATM DM shifokorlarining ta’kidlashicha, chaqaloq hayotining dastlabki olti oyi davomida uni faqat ona suti bilan oziqlantirish tavsiya etiladi — qo‘shimcha suv, sharbat yoki sun’iy aralashmalarsiz.
Olti oydan so‘ng esa qo‘shimcha ovqatlar bosqichma-bosqich kiritiladi, biroq emizikli oziqlantirishni bola va onaning istagiga ko‘ra ikki yoshgacha va undan ko‘proq davom ettirish mumkin.
Muvaffaqiyatli emizikli oziqlantirish uchun:
chaqaloqni tug‘ilgandan so‘ng birinchi soat ichida ko‘krakka qo‘yish;
bolaning talabiga ko‘ra emizish va vaqtni cheklamaslik;
keraksiz so‘rg‘ich va shisha idishlardan foydalanmaslik;
tibbiyot xodimlari va oila a’zolarining doimiy qo‘llab-quvvatlashini ta’minlash zarur.
O‘zbekistonda onalarni qo‘llab-quvvatlash
RIOvaBSIATM DM va uning filiallari “Bola uchun do‘stona shifoxona” tashabbusining amaliy tamoyillarini joriy etmoqda. Bu tashabbus ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun tug‘ruqxona va ayollar maslahat markazlarida qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Markaz muntazam ravishda tibbiyot xodimlari uchun o‘quv dasturlari, shuningdek, bo‘lajak va yosh onalar uchun ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelmoqda.