Sog‘lom ona va bola: malakali menejment tizimi hamda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda

Sog‘lom ona va bola: malakali menejment tizimi hamda innovatsion texnologiyalar joriy etilmoqda Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy filiallarida menejment mexanizmlari va innovatsion texnologiyalarni tizimli ravishda joriy etish natijasida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. 🔗 Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda markaz mamlakatimizdagi davlat tibbiyot muassasalari orasida birinchi bo‘lib xalqaro akkreditatsiya sertifikatini olgan edi. Keyinchalik Andijon, Xorazm, Samarqand, Farg‘ona, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridagi oltita filial ham shunday xalqaro sertifikatlarga ega bo‘ldi. 🔎 Shuningdek, markaz vakillari mamlakatimizda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni amaliyotda tizimli qo‘llash bo‘yicha xalqaro o‘quv kurslarida ishtirok etishdi. Hozirda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida sun’iy intellekt va robotlashtirilgan texnologiyalar asosida ishlaydigan xizmatni tashkil etish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda. Bu yo‘nalishda xalqaro texnologik kompaniyalar bilan faol muzokaralar olib borilmoqda. — “Zamonaviy tibbiyotning rivoji nafaqat innovatsion yechimlar va yondashuvlarni joriy etishni, balki samarali sog‘liqni saqlash tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtira oladigan yangi avlod menejerlarini tayyorlashni ham talab etadi,” — dedi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Nataliya Nadirxanova. 👩‍💻 Shu maqsadda muassasada Rossiya Federatsiyasining Oliy iqtisodiyot maktabi bilan hamkorlikda “Sog‘liqni saqlash sohasida menejment” kurslari tashkil etildi. Shuningdek, rus mutaxassislari ishtirokida simulyatsion texnologiyalar asosida ilmiy-amaliy o‘quv seminarlar o‘tkazildi. ✅ Bundan tashqari, markaz vakillarining Iqtisodiyot va moliya vazirligining moliyaviy organlar va byudjet tashkilotlari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazida o‘qitilishi zamonaviy menejment tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi. 📎 Rossiya, AQSh va Tailandning yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikda sog‘liqni saqlash sohasida menejment va sifat bo‘yicha kurslar o‘tkazildi. Ushbu o‘quv dasturlarida markaz hamda uning filiallaridagi 240 nafar mutaxassis, rahbar va rahbarlik zaxirasi ishtirok etdi. Hozirda **“Menejment markazi”**ni ochish rejalashtirilgan bo‘lib, u operativ va strategik rahbarlik kadrlar zaxirasini tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 🏦 Yana bir muhim jihat shundaki, ona va bola salomatligi markazi mamlakatimizda birinchi bo‘lib tijorat banklari bilan hamkorlikda rasmiy kassalarni joriy etdi. Bu tizim markazning o‘zi va barcha hududiy filiallarida yo‘lga qo‘yildi. Natijada pullik xizmatlar shaffofligi ta’minlandi, korrupsiya kamaydi, tushumlar keskin oshdi va tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish imkoniyati yaratildi. 📝 Ushbu yo‘nalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yilning 12-noyabr kuni “Kelajak tibbiyot tashkiloti formulasi: menejment, standartlar va bemor” mavzusidagi xalqaro ta’limiy seminar o‘tkaziladi. Bu Markaziy Osiyoda o‘z turidagi birinchi tadbir bo‘ladi. Matbuot xizmatiSog‘liqni saqlash vazirligi
logo
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 132-a
Biz bilan bog‘lanish
Call-markaz: +998 71 263 78 18
Ishonch telefoni: +998 90 012 36 63
Email: info@uzaig.uz
Ish tartibi
Dushanba-Jum — 8:00-22:00
Shanba-Yaks — 9:00-21:00
Biz ijtimoiy tarmoqdamiz

Bizni kuzating: